Qo‘shma ta’lim dasturlari kengaymoqda

15/04/2025

🏛 Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassaslari tajribasini o‘rganish, akademik dasturlar almashinuvi hozirgi zamon ta’lim siyosatining muhim bo‘g‘inlaridan biridir.

👉 Novosibirsk davlat universiteti Biologiya instituti rahbariyati bilan o‘tkazilgan bugungi onlayn uchrashuv ham aynan ushbu masalaga bag‘ishlandi. Institutimiz Xalqaro aloqalar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Biologiya va biotexnoligiyalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.

❇️ Ushbu o‘quv yilida ochilishi ko‘zda tutilayotgan magistratura bosqichining umumiy biologiya yo‘nalishi bo‘yicha 1+1 qo‘sh diplom loyihasi yuzasidan atroflicha kelishib olindi.

🖊 Uchrashuv qaroriga ko‘ra tomonlar dasturlar bilan tanishib, yaqin kunlarda yagona o‘quv dasturi ishlab chiqishi va hamkorlik ishlarini jadallashtirishi haqida kelishib oldilar.