Qabul-2025 jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida yig’ilish bo’lib o’tdi

04/07/2025

⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori O.Ruziyev, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda qabul jarayoniga mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda qabul jarayonining ochiqligi, shaffofligi va adolatli tashkil etilishi bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.

📌 Institut rahbariyati tomonidan abituriyentlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, hujjat topshirish va maslahat xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. Qabul komissiyasining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, axborot texnologiyalaridan keng foydalanish hamda tizimdagi har bir bosqichni nazorat qilish mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Yig‘ilish yakunida barcha ishtirokchilarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.