🔸 Bugun DTPI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori U. Bo‘taev, rektor maslahatchisi U.Normurodov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i D.Shukurov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Sh.Mahmudovlar ishtirokida magistrlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✳️ Uchrashuvda o‘quv jarayonlariga oid yangiliklar, yutuqlar hamda mavjud kamchiliklar muhokama qilindi. ✅ Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura nizomi”ning VI-bobi (Mavzuni tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash), VII-bobi (Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar) hamda VIII-bobi (Dastlabki va rasmiy himoyani o‘tkazish tartibi) bo‘yicha prorektor U.Bo‘taev tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. 🔰Bunday uchrashuvlar magistrantlarning bilim va faolligini oshirishda, ularning ilmiy izlanishlarini samarali yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.