Pedagogika fakultetining kengaytirilgan kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi
25/06/2025
🖌 Fakultet dekani v.v.b. R.V.Salomova rahbarligida bo’lib o’tgan yig’ilishda professor-o’qituvchilarning 2024-2025-o’quv yili davomida olib borgan faoliyati yakuniy sarhisobi masalasi ko’rildi. Kafedra mudirlarining yillik hisobotlari, kafedralarning yutuq va kamchiliklari muhokama etildi.
❇️ Har bir kafedra mudirlaridan so’ng, O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Sh.Bolliyevning ma’ruzasi tinglandi.
⚡️ Shuningdek, yig‘ilish davomida fakultetning umumiy rivojlanish strategiyasi, ilg‘or tajribalarni joriy etish, o‘quv jarayonini raqamlashtirish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
📌 Yig‘ilish yakunida qatnashchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.
💫 Yig’ilish yakunida o’quv yili davomida yaxshi natijalarga erishgan kafedralar va professor-o’qituvchilar fakultet ma’muriyati tomonidan e’tirof etildi.