O‘zbekiston turizmi Xitoy sahnasida: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori xalqaro ko‘rgazmada.
16/05/2025
Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “Guangzhou International Travel Fair 2025” (GITF) xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston o‘zining boy turizm salohiyatini, tarixiy merosi va milliy qadriyatlarini keng namoyon etmoqda. Bu tadbir “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili” doirasida tashkil etilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga mamlakatimizning turli hududlariga oid sayyohlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.
Mazkur xalqaro maydonda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori, Oybek Ruziyev ham faol ishtirok etib, O‘zbekiston ta’lim sohasi vakili sifatida turizm va ta’lim yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan muloqotlar olib bormoqda.
Rektorning ishtiroki Surxondaryo viloyatining nafaqat ilmiy va madaniy, balki turizm salohiyatini ham xalqaro miqyosda targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.