Osh festivali

26/10/2025

🏢 Pedagogika fakulteti dekani tashabbusi bilan ishlab chiqilgan tadbirlar rejasining amalga oshirilishi yuzasidan o’qituvchilar A.Ahmedov, A.Amirqulov, A.Normurodova boshchiligida tanlov bo’lib o’tdi.

✅ 4-kurs Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan barcha guruhlar o’rtasida “Osh festivali” tashkil etilib, jarayonda talabalar katta qiziqish bilan milliy taom tayyorladilar. Festival yoshlarni bir jamoa sifatida uyushqoqlik bilan harakat qilishga undashi asnosida do’stona munosabatlarini yanada mustahkamlashga ham xizmat qildi.

⚡️ Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan barcha guruhlar tomonidan tayyorlangan taomlar mazasi, ko’rinishi jihatidan a’lo baholanib, barcha ishtirokchilar “Tashakkurnoma” va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.