“Ombudsman maktabi” tadbiri

05/05/2025

🏛 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”da aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalari” mavzusida “Ombudsman maktabi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

📍 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari, Surxondaryo viloyat hokimining o‘rinbosari, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyat bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

🖋 Tadbir ochiq muloqot asosida o‘tdi. Notiqlar intirokchilarning savollariga javob berishdi.