Oliy sud vakillarining sayyor qabuli

16/05/2025

🏛 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Respublika Oliy sudi vakillarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya bo‘linmasi hisobida turgan, nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi va uchrashuv davomida nazorat ostida turgan fuqarolardan 18 nafari O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan, muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.