Mo‘g‘ulistonlik yoshlarining O‘zbekiston oliygohlarida ta’lim olishi kengaytiriladi

25/06/2025

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifini amalga oshirdi. Ulan-Bator shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar (https://president.uz/uz/lists/view/8260).

Shuningdek, Prezidentlar huzurida o‘simliklar karantini va himoyasi, oliy ta’lim, tog‘-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi.

Mo‘g‘uliston Davlat saroyida ikki davlat rahbarining tor doiradagi muzokaralari chog‘ida ham oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev ajratilayotgan kvotalar doirasida mo‘g‘ulistonlik yoshlarning O‘zbekistondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini qayta yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.

Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun ikki mamlakat hukumatlari tomonidan keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinishi ta’kidlandi.

Manba: Edu.uzning telegram kanali