“Maʼrifat ulashib” doirasida ijodiy uchrashuv oʻtkazildi
27/10/2025
📌 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Filologiya hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari taniqli shoir va yozuvchilar Gavhar Ibodullayeva, Davron Rajab, Shoira Shams hamda talaba-yoshlar ishtirokida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
🖌 Samimiy ruhda oʻtgan mazkur uchrashuvda yozuvchi shoirlar yoshlar bilan oʻzlarining ijodiy tajribalari, adabiyotning inson tarbiyasidagi oʻrni, bugungi zamon yoshlaridan kutayotgan orzu-umidlari haqida soʻz yuritishdi.
❇️ Tadbir yoshlarning adabiyot va sanʼatga boʻlgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarimizni chuqur anglash va maʼnaviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.