Lotus Temple va Prime Minister muzeyiga sayohat

26/05/2025

🏢 DTPI o’qituvchilari X. Kulbasheva va G. Nuraliyeva, ITEC dasturi doirasida Hindistonda o’tkazilgan ta’lim safari davomida juda qiziqarli va ma’lumotli sayohat qilishdi. Ular Hindistonning poytaxti Nyu-Delhi shahrida joylashgan Lotus Temple va Prime Minister muzeyiga tashrif buyurishdi.

🖊 Lotus Temple muzeyi diniy bag’rikenglik ramzi hisoblanadi. Bu joyda turli din vakillari birgalikda ibodat qilishadi va tinchlik muhitida bo‘lishadi. O‘qituvchilar ushbu yodgorlikning go‘zalligini va uning diniy muhimligiga guvoh bo‘ldilar.

📍 Ushbu sayohat o‘qituvchilarga nafaqat yangi bilimlar va taassurotlar olib kelgani, balki ular uchun madaniyatlararo muloqot va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu tajriba ularning pedagogik faoliyatini yanada boyitishga yordam beradi va o‘quvchilarga dunyo madaniyati haqida kengroq bilim berishga xizmat qiladi.