Joriy yilning 4-aprel kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi tashrif buyurdi.

04/04/2025

🌸 Tashrif asnosida ishchi guruh tomonidan oliygohda “Registrator ofisi”ni tashkil etish bo‘yicha meyoriy hujjatlarning mavjudligi, “Registrator ofisi”ni tashkil etish uchun tashkiliy tuzilmaga o‘zgartirish kiritilganligi va uning tasdiqlanganligi, ajratilgan shtat birliklarining talabalar kontingetiga mosligi va nizom talablari asosida malakali xodimlar bilan toʻldirilganligi kabi qator mezonlar bo‘yicha tuzilgan savolnoma asosida institutning “Registrator ofisi” faoliyati atroflicha o‘rganildi.

🔷 O‘rganishlar yakunida ishchi guruh tomonidan metodik yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.