Jarayon

10/02/2026

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Viloyatimiz hokimi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari tomonidan “Yoshlik” mahallasini kompleks rivojlantirish loyihasi bilan tanishdi.

Loyiha qurilish va arxitektura, Qishloq xo’jaligi va Iqtisodiyot yo’nalishlarida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning maqsadi:
Denov tumanidagi og‘ir toifadagi “Yoshlik” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, aholi bandligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda tomorqa va kichik biznes imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ishlab chiqildi.

Loyihaning asosiy vazifalari:
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, yoshlar va ayollar band ta’minlashdan iborat.