🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Hasanova Filologiya fakulteti Xotin-qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi N.Nabiyevalar “Oila farzand tarbiyalashda ota-onaning roli, onalikka tayyorlashning shakli, usuli hamda vazifalari” mavzusida Filologiya fakulteti talaba-qizlar o’rtasida davra suhbati o’tkazishdi.
📌 Suhbat davomida farzand tarbiyasi har bir jamiyatning asosiy poydevorini tashkil etishi va insonning shaxs sifatida shakllanishida ota-onaning roli beqiyosligi aytib o’tildi. Suhbat so’ngida talaba-qizlarning fikr-mulohazalari tinglandi va kerakli tavsiyalar berildi.