📌 Pedagogika fakultetida rektor O.A.Ruziyev va soha rahbarlari ishtirokida dekabr oyi kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni fakultet dekani R. Salomova olib bordi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, barcha kafedra mudirlari hisoboti tinglandi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor R.E. Shukurov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’i D.X.Shukurovlar tomonidan fakultet professor-o’qituvchilarining turli yo’nalishlar bo’yicha faoliyati tanqidiy-tahliliy tarzda muhokama etildi.
⚡️Yig’ilishda ta’lim sifati, xorijiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilmiy ishlar salohiyatini, Xalqaro bazalarga kiruvchi maqolalar ko’lamini oshirish masalalari muhokama etildi. Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlar samaradorligi ham tahliliy ko’rib chiqildi. Yig’ilish yakunida “Yilning eng yaxshi kafedra mudiri” tanlovi g‘oliblari e’tirof etildi.