Jarayon

16/12/2025

⚡️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar uchun 24 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 15–17-dekabr kunlari Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tmoqda.

🖇 O‘quv kursi doirasida soha mutaxassislari tomonidan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish hamda ma’naviy targ‘ibot ta’sirchanligini oshirish masalalari yuzasidan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Ushbu malaka oshirish o‘quv kursida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A. Mengliboyev ham ishtirok etmoqda.