Jarayon

07/12/2025

⚡️6-dekabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” oyligi doirasida talaba qizlar ishtirokida “Yoshlar zo‘ravonlikka qarshi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🖇 Tadbirda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Xasanova, prorektor A. Mengliboyev, Denov tuman Fuqarolik sudi raisi B. Mustafoyev, sudyalar S. Panjiyev va Ch. Aralov, shuningdek, tuman iqtisodiy sudi sudyasi M. Mamayusupov ishtirok etdi. Ular o‘z chiqishlarida yoshlar orasida zo‘ravonlikning oldini olish, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, yoshlarning huquqlari va qadr-qimmatini himoyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladilar.

📌 Tadbir davomida O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashga oid qonunchilik asoslari, zo‘ravonlikning turlari hamda jabrlangan holatda murojaat etiladigan mas’ul tashkilotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.