Jarayon

05/10/2025

⚡️Termiz shahrida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochayotgan “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Surxondaryo viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari o‘z pavilonlarida talabalarning ilmiy-amaliy ishlanmalari, innovatsion g‘oya va startap loyihalarini keng jamoatchilikka taqdim etdilar. Shuningdek, ish beruvchi tashkilotlar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) haqida batafsil ma’lumotlar berilib, yoshlarning bandligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

📌 Tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari ham faol ishtirok etdilar. Ular bitiruvchi yoshlarning ilmiy va innovatsion loyihalarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, ularning kasbiy rivojlanishi va bandligini taʼminlash bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishdilar. Bu esa yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlarini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.