⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (ВМТTD) hamkorligida “Afg’oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida Afg’oniston fuqarolarini o‘qitish markazida Biznes g’oyani rivojlantirish, amalga oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan 3 oylik “startap” biznesni boshqarish va rivojlantirish kursi tinglovchilariga DTPI rektori O.A.Ruziyev “Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida innovatsion g’oyalarni biznes startaplarga aylantirish mexanizmini yaratish” mavzusida master-klass o‘tib berdi.