“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
11/09/2025
🔹Aniq va tabiiy fanlar fakultetida bugungi kunning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
🔸 Tadbirda fakultet rahbariyati, mas’ul xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida jamiyatimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yoshlarning yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.