“Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
02/12/2025
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan (https://t.me/yoshlareduuz/19063) 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar.
☝️Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.
✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.