Iqtisodiy o‘qish

29/04/2025

⚡️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun “Yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar hamda rahbarlarning bu borada shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risida” onlayn shaklda iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.

✅ Ushbu seminar-treningda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev boshchiligida barcha bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

📌 O‘qish yakunida institutda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi va chora-tadbirlarda belgilab berilgan vazifalarning ijrosi, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi reyting ko‘rsatkichlar, ochiqlik va shaffoflik indekslari ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.