⚡️Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti profilaktika inspektori S. Suvonova hamda Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tyutorlari tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ijara xonadonlari o‘rganildi.
📌 Jarayon davomida xonadonlarning gigiyena holati, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, yashash sharoitlari va talabalar uchun yaratilgan qulayliklar o‘rganildi. Xonadon egalari bilan talabalarning ijara xonadonlarida yashash tarzi borasida suhbat olib borildi.
✅ Shuningdek, talabalar bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilib, ularga qonuniylik, tartib-intizom va xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.