Ichki turizm

11/10/2025

⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri K. To‘rabayeva, o‘qituvchilar B. Asadov va N. Eshqobilova boshchiligida “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari Termiz shahridagi diqqatga sazovor tarixiy maskanlar hamda sohada faoliyat yuritayotgan tashkilot va korxonalarga sayohat tashkil etildi.

📌 Sayohat davomida talabalar Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi, “Tourist Police” — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, Termiz arxeologiya muzeyi, Termiz xalqaro savdo markazi hamda Hilton Garden Inn Termez Airitom mehmonxonasida bo‘lishdi.

🗣 Tashrif davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi va sohaga oid amaliy bilimlarini boyitish imkoniga ega bo‘lishdi.