⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ–232-sonli “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Pedagogika fakulteti 3-4-son TTJ tarbiyachi-pedagogi N.Shukurov, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari D.Meliyeva, A.Normurodova va tyutor A.Jo’rayevlar tashabbusi bilan fakultet talabalari bilan birgalikda Samarqand shahrining tarixiy maskanlariga sayohat tashkil etildi.
📌 Sayqali ro’yi zamin-Samarqandning boy tarixiy qadamjolari: Registon, Bibixonim maqbarasi, Hazrati Xizr, Abdurahmon Doniyor ota maqbaralariga tashrif buyurishdi. Tashkilotchilar tomonidan talabalarga ularning tarixi, yurtimiz tarixida tutgan o‘rni, avliyo zotlarning kechmish tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.