Hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar va qadrli talabalar!
08/12/2025
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Konstitutsiyamiz — xalqimizning erki, irodasi va orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan muhim siyosiy-huquqiy hujjatdir.
Bugungi kunda Konstitutsiyamiz asosida olib borilayotgan islohotlar ta’lim sohasida ham muhim natijalarga erishishimizga xizmat qilmoqda. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni kuchaytirish, yoshlarning intellektual va ma’naviy rivojiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar aynan konstitutsiyaviy tamoyillar asosida izchil davom etmoqda.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizga sog‘liq, tinchlik, farovonlik va faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, O.A. Ruziyev Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori