Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va aziz talabalar!
31/12/2025
Yangi yil har birimizning hayotimizda yangi sahifa ochadi. U bizni yangi umidlar va ulug‘ maqsadlar sari yetaklaydi. 2025-yilda ulgurmagan ilmiy zafarlarga 2026-yilda birgalikda yetishaylik.
Kirib kelayotgan Yangi 2026-yil yuksak zafarlar, ilmiy yutuqlar yili bo‘lsin. Yurtimizning yuksalishi, xalqimizning farovonligi yo‘lida ta’lim va ilm-fan sohasidagi yutuqlarimiz bilan munosib hissa qo‘shaylik.
Bu yil Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi va talabalari uchun omadli, quvonchli va barakali yil bo‘lsin. Har birimiz yurtimiz oldidagi mas’uliyatimizni yaxshi natijalar bilan ado etaylik.
Bizning maqsadimiz faqat bilim berish emas, balki yosh avlod qalbiga vatanparvarlik, insonparvarlik, fidoiylik, mehnatsevarlik va halollik kabi yuksak fazilatlarni singdirishdir. Yangi 2026-yilda ezgu niyatlarimizga ortig‘i bilan erishaylik!
Kirib kelayotgan yangi yil ilmiy yutuqlar yili bo‘lsin!
Hurmat bilan, O. A. Ruziyev Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori