Hokim kubogi g‘oliblari taqdirlandi

18/02/2026

🏢 17-fevral kuni Denov tumani hokimligi tomonidan tumandagi tashkilot va idoralarda faoliyat olib borayotgan erkak va ayol xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol hamda voleybol turlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Hokim kubogi” musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

📍 Musobaqada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.
🥇 Institutimizning erkaklar jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🥉 Ayollar terma jamoasi esa 3-o‘rinni egallab, munosib natija qayd etdi.

🏆 G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimi Denov tumani hokimi Anvar Normamatov tomonidan tantanali ravishda amalga oshirildi.

📌 Mazkur musobaqa jamoaviylikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.