Giyohvandlik moddalari bilan bog’liq jinoyatlar jamiyat xavfsizligi, fuqarolarning sog’lig’i va davlat barqarorligi uchun eng jiddiy tahdidlardan biri hisoblanadi. Ushbu turdagi jinoyatlar nafaqat alohida shaxsga, balki butun jamiyatga salbiy ta’sir ko’rsatib, huquqiy tartibotning izdan chiqishiga sabab bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi JKning XIX bobi, giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar bo’lib bunga;
270-moddasi- taqiqlangan ekinlarni yetishtirish;
271-moddasi- giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash;
273-moddasi-giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o’tkazish;
274-moddasi-giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni targ’ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni iste’mol qilishga jalb etish;
275-moddasi-giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish;
276-moddasi-giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar kiradi.
Giyohvandlik moddalari iste’moli jismoniy va ruhiy qaramlikni keltirib chiqarib, og’ir kasalliklar, nogironlik va bevaqt o’lim holatlariga olib keladi.
Bunday jinoyatlar oilaviy munosabatlarning buzilishi, bolalar tarbiyasining izdan chiqishi, ijtimoiy moslashuvning yo’qolishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.
Giyohvandlik moddalari bilan bog’liq jinoyatlar boshqa jinoyatlar — o’g’irlik, talonchilik, bosqinchilik va zo’ravonlik jinoyatlarining ko’payishiga sabab bo’ladi.
Narkotik savdosi uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va transmilliy jinoyat tarmoqlarining moliyaviy manbai bo’lib xizmat qiladi.
Giyohvandlik moddalari bilan bog’liq jinoyatlar uchun jinoyat qonunchiligida qat’iy javobgarlik belgilangan.
Giyohvandlik moddalari bilan bog’liq jinoyatlarning oldini olish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi lozim:
huquqiy targ’ibot va ma’rifiy ishlarni kuchaytirish;
yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish;
internet muhitida noqonuniy savdo va targ’ibotga qarshi nazoratni kuchaytirish;
xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.
Giyohvandlik moddalari bilan bog’liq jinoyatlar jamiyatning barqaror rivojlanishiga jiddiy tahdid soluvchi ijtimoiy-huquqiy muammo hisoblanadi. Ularning oqibatlari inson hayoti, jamiyat xavfsizligi va davlat barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bois, mazkur jinoyatlarga qarshi kompleks, tizimli va uzluksiz kurash olib borish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Giyohvandlik moddalari bilan bog’liq jinoyatlar yuqori darajada latent (yashirin) xususiyatga ega bo’lib, ularni aniqlash murakkabdir. Ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va ishsizlik;
oilaviy muhitdagi muammolar va nazoratning sustligi;
yoshlar orasida huquqiy ongning pastligi;
axborot makonida narkotik vositalarning yashirin targ’iboti;
narkotik vositalarga nisbatan talabning mavjudligi.
Mazkur omillar jinoyatlarning ko’payishiga sharoit yaratadi hamda ularni faqat jazolash bilan emas, balki kompleks ijtimoiy choralar orqali kamaytirish zarurligini ko’rsatadi.
Giyohvandlik moddalari bilan bog’liq jinoyatlarda voyaga yetmagan shaxslarning ishtiroki alohida xavfli holat hisoblanadi. Ular ko’pincha narkotik moddalarni tarqatishda vositachi sifatida jalb qilinadi yoki iste’molchi sifatida jinoyat muhitiga kirib boradi.
Bu holat:
yosh avlodning sog’lom rivojlanishiga putur yetkazadi;
ularning kelajak hayotini izdan chiqaradi;
jinoyat subkulturasining shakllanishiga zamin yaratadi.
Shu bois, voyaga yetmaganlarni himoya qilishga qaratilgan maxsus huquqiy, pedagogik va psixologik chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur turdagi jinoyatlar jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar sonining oshishiga olib keladi. Bunday shaxslar orasida qayta jinoyat sodir etish darajasi yuqori bo’ladi.
Shu bois, jazoni ijro etish muassasalarida giyohvandlikka qarshi maxsus davolash va psixologik yordam dasturlarini joriy etish muhim hisoblanadi.
Giyohvandlik moddalari bilan bog’liq jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini individuallashtirish.
Davolanishga ixtiyoriy murojaat qilgan shaxslar uchun rag’batlantiruvchi huquqiy mexanizmlarni kengaytirish.
Internet orqali narkotik savdosiga qarshi alohida normativ tartiblarni joriy etish.
Voyaga yetmaganlarni jalb qilish uchun jazoni yanada kuchaytirish.
Jinoyat ishlari bo’yicha
Denov tuman sudining sudyasi B.M.Diyorov