Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
05/10/2025
Bugun filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilishga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis oflayn hamda ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etildi.
Kun tartibida Sodiqova Baxtigul Ibodullayevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Jon Faulz ijodida postmodernizmning falsafiy va estetik dominantalari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi himoyasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur dissertatsiya ishi Sodiqova Baxtigul Ibodullayevnaga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan.
Himoya jarayoni belgilangan tartibda o‘tdi, ishtirokchilar mavzu doirasida savol-javoblarda faol qatnashdilar.