E’tirof

04/04/2026

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi talabalari Butunjahon ijtimoiy ish kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Ijtimoiy ish oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirda faol ishtirok etdilar.

📌 Xususan, ijtimoiy xodimlar va oliy ta’lim muassasalarining “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida bilim va salohiyatlarini namoyon etib, yuqori faollik ko‘rsatdilar.

🔵 Mazkur intellektual bellashuvlarda erishilgan natijalar va ko‘rsatilgan tashabbuskorlik uchun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P.Olloyorov tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.