E’LON

03/08/2025

⚡️Ta’limning kredit-modul tizimi, sirtqi/kunduzgi ta’lim shakli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi, fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan 1-2-3-bosqich talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida Nizom”, institut “Akademik qoidalari”ning 9-bob, 80-81-82-bandlariga asosan semestr natijalari bo‘yicha akademik qarzdorliklarini yozgi ta’til vaqtida o‘z hisobidan qayta o‘qib, o‘zlashtirishlari uchun qo’shimcha ravishda istisno tariqasida ruxsat berilmoqda.

🔹 Yozgi ta’til vaqtida qayta o‘qish 2025-yil 4-avgust sanasidan 2025-yil 16-avgustgacha tashkil etiladi.
Qayta o‘qish uchun kontrakt.edu.uz billing tizimi orqali ariza berish va tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni (to‘lov haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilish muddati ham) amalga oshirish muddati – 2025-yil 4-avgust sanasiga qadar etib belgilandi.

🔸 Eslatma: To‘lov ma’lumotnomasi taqdim etilgandan so‘ng HEMIS axborot tizimi orqali qayta o‘qish uchun ariza berish registrator ofisi menejerlari yordamida amalga oshiriladi.
Qayta o‘qish shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov pulini to‘liq miqdorda va belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabalarning arizasiga rad javobi beriladi.

📍 Manzil: Registrator ofisi (asosiy), Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona, tel.: +998 91 234 90 90

https://t.me/dtpi_registrator_office_bot