🏢 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 606-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron tizimi — my.edu.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
📌 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2025/2026 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga kunduzgi ta’lim shakliga qabul parametrlari ilovadagi jadvalga muvofiq tasdiqlangan.
🔗 Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishish uchun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining rasmiy veb-sayti www.dtpi.uz) yoki ijtimoiy tarmoqlardagi (https://t.me/dtpi_uz) sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin.