“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

28/03/2026

DTPIda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi kunlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh a’zolari Gʻolibjon Xatamov, Abduaziz Kenjaboyev, institutimiz o’quv ishlari bo’yicha prorektori, siyosiy fanlar doktori, professor Usmonjon Bo’tayevlar ishtirokida 4-bosqich talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash hamda jamg‘arma faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat.

Talabalarga jamg‘arma stipendiya dasturlari, tanlov shartlari va hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashabbus yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularni xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlashga xizmat qiladi.