DTPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlar qizg‘in davom etmoqda
11/07/2025
📆 2025/2026 o‘quv yilida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🏃♂️ Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishiga 275 nafar, 🎵 Musiqa ta’limi yo‘nalishiga esa 49 nafar abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda.
📸 Imtihonlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, abituriyentlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etishmoqda.