DTPI vakillari OAVda

23/12/2025

Surxondaryo viloyat televideniyesi orqali efirga uzatilayotgan “Janub ovozi” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Kushon imperiyasining Dalvarzintepa manzilida ajdodlarimiz tomonidan amalga oshirilgan davlatchilik, bunyodkorlik ishlari haqida so‘z boradi.

Ko‘rsatuvda DTPI rektori O.A.Ruziyev, tarix va falsafa fakulteti o‘qituvchilari Baxtiyor Nazirov va Maqsud Bibitovlar Dalvarzintepaga oid ma’lumotlari bilan ishtirok etishdi.