DTPI rektori O.A.Ro‘ziyev o‘quv jarayonini o‘rgandi

14/10/2025

📌 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A. Ro‘ziyev Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida o‘quv jarayonini o‘rgandi.

✔️ Tashrif davomida ta’lim jarayonining sifati, darslarda interaktiv metodlardan foydalanish holati, amaliyot bilan uyg‘unlik darajasi hamda moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganlik masalalari ko‘zdan kechirildi.

🔹 O‘rganish yakunida rektor ta’lim sifatini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.