DTPI Filologiya fakulteti tyutori D.Ahmedova tomonidan o‘ziga biriktirilgan talabalarning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

03/03/2026

🖇 Yig‘ilishda fakultet dekani, psixologi, dekan o‘rinbosarlari, talabalar hamda ularning ota-onalari qatnashdilar. Unda yoshlar o‘rtasida dolzarb muammoga aylanib borayotgan giyohvandlik va kiberjinoyatchilikning oldini olish, talabalarning intizomi va tashqi ko‘rinishi, o‘quv jarayonidagi o‘zlashtirish darajasi hamda ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari atroflicha muhokama qilindi.

📌 Fakultet dekani M.Musurmankulova, dekan o‘rinbosari N.Shaymardonova mazkur masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, ota-onalarga institutda olib borilayotgan ishlar hamda odob-ahloq qoidalari, yurish turish madaniyati haqida to’xtalib o’tdi. Uchrashuvda faol va iqtidorli talabalarning ota onalari e’tirof etilib, munosib taqdirlandilar