Dolzarb 90 kun

11/07/2025

💥“Dolzarb 90 kun” tadbirlar rejasi doirasida Filologiya fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar” kafedrasi mudiri D.D.Tog‘aymurodov tomonidan 11-iyul kuni “Sun’iy intellekt yordamida ingliz tilida yozish ko’nikmasini mustaqil rivojlantirish” mavzusida onlayn vebinar bo’lib o’tdi.

🔗 Vebinar davomida institutimiz spikeri tomonidan ishtirokchilarga sun’iy intellekt, xususan, Google Gemini platformasidan nafaqat matn yaratuvchi vosita sifatida, balki shaxsiy writing murabbiyi sifatida foydalanishning noyob strategiyalari ko’rsatib berildi.

✏️Tadbirda yozma ishlarni mustaqil tahlil qilish, xatolarni aniqlash va ularni samarali bartaraf etish usullari amaliy misollar bilan tushuntirildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.