DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA XORIJDA ISH BO‘YICHA MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TMOQDA

04/02/2026

⚡️ Ayni vaqtda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorat binosida vaqtincha ishsiz bo‘lgan aholi vakillari, shuningdek bitiruvchi kurs talabalari uchun xorijda ishlash imkoniyatlariga bag‘ishlangan mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur tadbir xorijiy ish beruvchilar ishtirokida o‘tkazilmoqda.

🖇 Mehnat yarmarkasi jarayonida institut rahbariyati ham faol ishtirok etib, ishtirokchilar bilan muloqot olib bormoqda hamda tadbirning samarali va tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o‘tishini ta’minlamoqda.

📌 Yarmarka doirasida turli davlatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, rasmiy va ishonchli ish takliflari yuzasidan ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan xorijda ishlash tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish va mehnat shartlari bo‘yicha batafsil maslahatlar berilmoqda.