Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talabalar munosib kutib olinmoqda
02/09/2025
🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar samimiy va munosib kutib olinmoqda. Ularning tinch va qulay sharoitda ta’lim olishlari uchun Talabalar turar joyi hamda ijaraga beriladigan xonadonlarga joylashtirish ishlari tartibli tashkil etildi.
🔸 Institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B. Jo‘rayev mazkur jarayonlarni nazorat qilib, talabalar bilan suhbatlashdi va joylashtirishdagi holatlar bilan yaqindan tanishdi. Prorektor talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashdi.