Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida rektor va magistrlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
07/12/2025
⚡️Institut rektori Ruziyev Oybek Abdumo‘minovich boshchiligida magistrlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda magistrlik dissertatsiyalarining tayyorlanishi, ilmiy rahbarlar faoliyati, institut jurnaliga maqola tayyorlash talablari, tanlovlarda ishtirok etish hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi biznes g‘oyalar muhokama qilindi.
📌 Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Magistrlar savollariga rektor tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
🔹Uchrashuv davomida kimyo yo‘nalishi 1-kurs magistranti tomonidan bildirilgan ishga joylashish masalasi ko‘rib chiqilib, rektor tashabbusi bilan Dilafro‘z Abduganiyeva Denov tumanidagi 81-maktabga ishga joylashtirildi.
🔸 Tadbir so‘ngida rektor va magistrlar institutning Karyera markazi, issiqxona majmuasi hamda Axborot-resurs markazi bilan tanishdilar.