Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish faslini betalafot o‘tkazish maqsadida yangi transformator o‘rnatildi
09/12/2025
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida muhim infratuzilma ishlari amalga oshirildi. Xususan, shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ta’lim muassasasi hududida zamonaviy elektr transformatori o‘rnatildi.
Mazkur ishlar talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda institutda faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun uzluksiz va barqaror elektr energiyasi ta’minotini yaratish, sovuq kunlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga qaratilgan.
Yangi transformatorning o‘rnatilishi qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash va mavjud infratuzilmaning ishonchliligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shahar elektr tarmoqlari mutaxassislari tomonidan barcha texnik talablar asosida sifatli montaj ishlari bajarildi va tizim to‘liq foydalanishga topshirildi.