Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Jahon chempionatida faxrli o‘rinni egalladi
11/10/2025
⚡️ 2025-yil 7–12-oktabr kunlari Toshkent shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Hikmatova Jasmina munosib ishtirok etib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
📌 Mazkur yirik sport musobaqasi jahon miqyosidagi sportchilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikamiz sharafini himoya qilgan yosh sportchilarimizning muvaffaqiyatli natijalari yurtimiz sport salohiyatining yuksalayotganidan dalolat beradi.
🔹 Institut jamoasi Hikmatova Jasminaning ushbu nufuzli chempionatdagi muvaffaqiyatini yuksak qadrlaydi va uni chin dildan muborakbod etadi.