Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari Germaniyada amaliyot o‘tamoqda!

30/06/2025

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xalqaro hamkorlik doirasida talabalarga chet elda kasbiy tajriba orttirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Ayni damda institutimiz talabalari Germaniyada Work and Travel dasturi asosida amaliyot o‘tashayotganlari juda quvonarli.

📌 Ushbu dastur bo‘yicha hozirda Filologiya fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” ta’lim yo‘nalishi 305-XT-2022-guruh talabasi SODIQOV SIROJIDDIN BAXTIYOROVICH ham Germaniyada tajriba almashmoqda.

✈️ Work and Travel — bu yoshlar uchun xorijiy til muhitida ishlash, yashash, dunyoqarashini kengaytirish va kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkonini beruvchi xalqaro dasturdir.

👉 Institut talabalari bunday loyihalarda faol ishtirok etayotganini ko‘rib, faxrlanamiz!