DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI HAMDA ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI O’RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI!

24/05/2025

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘rtasida hamkorlik uchun muhim qadam qo‘yildi.

Ushbu memorandum – bu ikki OTMning bilim va tajriba manbalarini birlashtirish, pedagogika va ilm-fanning yangi cho‘qqilarini zabt etishdagi iroda ifodasidir.

🎓 Nimalar kutilmoqda?

Zamonaviy ta’lim uslublari bilan yanada chuqurroq tanishish,

Ilmiy izlanishlarni yangi darajaga olib chiqish,

O‘qituvchilar va talabalar uchun qimmatli imkoniyatlar yaratish,

Innovatsiyalar orqali kelajak avlodni barkamol va malakali kadrlar bilan ta’minlash.

Bu hamkorlik nafaqat yurtimiz ta’lim tizimining mustahkamlanishiga, balki yoshlarimizning bilim yuksakligiga xizmat qiladi.