Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti – 5 yoshda!

16/04/2025

Bugun biz faxr bilan ayta olamiz — institutimiz qisqa vaqt ichida yuksak taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, xalqaro miqyosdagi nufuzli ta’lim muassasalaridan biriga aylandi.

🗓 2025-yil 16-aprel kuni institutimiz tashkil topganining 5 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi!

🌍 Bayramda nafaqat O‘zbekistonning turli hududlaridan, balki Tojikiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlardan mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda. Bu esa institutimizning keng qamrovli xalqaro aloqalari va yuksak nufuzining ifodasidir.

💫 Aziz ustozlar, talabalar va hurmatli mehmonlar! Sizlarni ushbu qutlug‘ sana — institutimizning 5 yillik tarixini birgalikda nishonlashga chorlaymiz!

🎥 Videoni tomosha qiling va bayramona kayfiyatni biz bilan baham ko‘ring!