Davra suhbati

26/09/2025

Joriy yilning 23-sentabr kuni Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

📌 Tadbirda institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi P. Normamatovalar ishtirok etib, oila va oilaviy qadriyatlar inson hayotida eng muhim poydevor ekanligini ta’kidladilar.

⚡️Ularning qayd etishicha, agar oila g‘amxo‘rlik, o‘zaro hurmat va mehr-muhabbatga asoslangan bo‘lsa, u mustahkam bo‘ladi. Oila mustahkam va osoyishta bo‘lsa, jamiyat ham farovon bo‘lishi shubhasizdir.

📍Suhbat davomida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda foydali maslahatlar eshitdilar.