“BIZNES MARAFON” MATIVATSION TRENING

12/06/2025

⚡️ Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida joylashgan “Kelajakka qadam” markazida talabalar uchun navbatdagi motivatsion trening — “Biznes marafon” mashg’uloti bo‘lib o‘tdi. Ushbu trening mashg’ulotining asosiy maqsadi – yosh tadbirkorlar va liderlar safini kengaytirish, ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Trening davomida ishtirokchilar muvaffaqiyat sari yo‘l, maqsad qo‘yish va unga erishish strategiyalari, zamonaviy biznes yuritish usullari haqida qimmatli ma’lumotlar oldilar.