Bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida olimpiada imtihonlari bo‘lib o‘tdi

04/04/2026

🏛 Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 72-son buyrug‘i asosida Respublika fan olimpiadasi o’tkazilishi rejalashtirilgan.

🖋 Shu munosabat bilan 2-3-aprel kunlari fizika va biologiya ta‘lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida olimpiada imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📌 Olimpiada imtihonlarini institutimiz O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani, Ta’lim sifati nazorati bo’limlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vakillari nazorat qilib borishdi.

🔵 O‘tkazilgan olimpiada imtihoni Nizom talablari asosida ochiqlik, shaffoflik va yuqori tashkiliy saviya asosida olib borildi.